Affon ibn Abu al-Os
Affon ibn Abu al-Os | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Makka, Arabiston |
Vafoti | Arabiston |
Turmush oʻrtogʻi | Arva bintu Kariz |
Munosabatlari |
|
Bolalari |
|
Ota-onasi | Abu al-Os ibn Umayya |
Affon ibn Abu al-Os (arabcha: عفان بن أبي العاص) VI asrning mashhur arab savdogari, Muhammadning zamondoshi (tax. 570) va uchinchi Rashidun xalifasi Usmon ibn Affonning otasi (h. 644–656).
Otasi Abu al-Os ibn Umayya, jiyani Marvon ibn al-Hakam, singlisi Safiyya binti Abu al-Os Ummu Habibaning (Muhammadning xotini) onasi boʻlgan.
Affon ibn Abu al-Os Arva bintu Karizga uylangan. U ham Muhammadning amakivachchasi boʻlgan.
Oʻgʻli Usmon Toifda tugʻilgan. Aniq sanasi bahsli, baʼzi manbalarga koʻra 576-yil deyilsa, boshqalarida 583-yilda deya koʻrsatilgan[1]. U yozishni bilgan 22 makkalikdan biri sifatida qayd etilgan[2].
Affon ibn Anu al-Os xorijda erta vafot etgan va oʻgʻli Usmonga katta meros qoldirgan. Xalifa Usmon ibn Affon ham otasi kabi savdogar boʻlib, uning ham savdo-sotiq ishlari gullab-yashnagan va Qurayshning eng boy kishilaridan biriga aylangan[3].
Qarindoshlari va shajarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmon ibn Affon Muhammadning ikki qiziga, avvaliga Ruqayya binti Muhammadga, u vafot etgach, Ummu Kulsumga uylangan.
Muhammadning uchinchi qizi Ummu Kulsum katta opasi Ruqayya vafotidan keyin Usmonga turmushga chiqqan. Muhammadning katta qizi Zaynab binti Muhammad Abu al-Os ibn ar-Robiʼga, Fotima Ali ibn Abu Tolibga turmushga chiqqan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: TaHa Publishers.
- ↑ Ahmed ibn Jabir al-Baladhuri. Kitab Futuh al-Buldan. Translated by Murgotten, F. C. (1924). The Origins of the Islamic State Part 2, p. 271. New York: Longmans, Green & Co., & London: P. S. King & Son, Ltd.
- ↑ Al-Mubarakphuri, Safi-ur-Rahman (1996), Ar-Raheeq Al-Makhtum [The Sealed Nectar], Riyadh: Dar-us-Salam Publications.